Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimpiada g‘oliblariga pul mukofoti topshirildi

Olimpiada g‘oliblariga pul mukofoti topshirildi

Foto: «Uza.uz»

Turkiyada dunyoning 39 mamlakatidan 46 jamoa ishtirok etgan Jahon o‘smirlar olimpiadasida shaxmatchilarimiz Rossiya, Xitoy, Hindiston, Eron, Ukraina, Vengriya, Polsha va Moldova kabi mamlakatlarning kuchli terma jamoalarini mag‘lubiyatga uchratib, g‘olibga aylangani haqida xabar bergandik.

O‘zbekiston sharafini xalqaro grossmeyster murabbiy Saidali Yo‘ldoshev rahbarligida Nodirbek Yoqubboyev, Shamsiddin Vohidov, Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Sitora Saparova munosib himoya qildi.

Foto: «Uza.uz»

Shu munosabat bilan o‘zbek shaxmat maktabini ko‘klarga ko‘targan umidli sportchilarimizni taqdirlashga bag‘ishlangan anjuman o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «O‘zA».

– Har bir bahsda bizga bo‘lgan ishonchni his qilib turdik. Musobaqadagi barcha uchrashuvlar keskin va murosasiz o‘tdi. Kelgusida jahon va qit’a chempionatlarida O‘zbekiston sharafini yanada ko‘klarga ko‘tarishga intilamiz. – deydi Nodirbek Yoqubboyev.

Tadbir yakunida yosh sportchilarimiz shaxmat federatsiyasi tomonidan esdalik sovg‘alari va pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring