Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«MMA cheksiz kuchimiz ekanligini butun dunyo ko‘rdi!». Otabek Umarov Toshkentda o‘tgan turnir haqida

«MMA cheksiz kuchimiz ekanligini butun dunyo ko‘rdi!». Otabek Umarov Toshkentda o‘tgan turnir haqida

Foto: Otabek Umarov telegram kanali

O‘zbekiston aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi prezidenti Otabek Umarov Toshkentda bo‘lib o‘tgan turnir haqida o‘z taassurotlarini bildirdi.

Foto: Otabek Umarov telegram kanali

«Qoyilmaqom bayram! Hammamiz uchun nihoyatda ahamiyatli bo‘lgan kunni ko‘ngildagidek o‘tkaza olganimizdan xursandman. Tadbirni tashkil etishda katta hissa qo‘shgan barcha-barchaga rahmat aytmoqchiman.

Birinchi navbatda, tribunalarda o‘tirib butun boshli Humo Arenani larzaga keltirar darajada muxlislik qilgan ishqibozlarimizga tashakkur bildiraman! ⠀

Foto: Otabek Umarov telegram kanali

Tashkilotchilarimizga rahmat! Dunyoning turli chekkalaridan tashrif buyurgan mehmonlarimiz bunday keng ko‘lamdagi tadbirni kutishmaganini yashirmadilar. ⠀

Sport bayramimizni munosib o‘tkazishda mehnat qilgan homiylarimiz, jurnalistlarimiz, sharhlovchilar, fotosuratchilar, hakamlarimiz va qolgan barcha ishtirokchilarimizga rahmat, deyman! 

Foto: Otabek Umarov telegram kanali

Jangchilarimizga esa alohida minnatdorchiligimni izhor qilaman! Sizning sa’y-harakatlaringiz sabab butun umrga yodda qolarli shouning guvohi bo‘ldik. Siz yurtimizga g‘alabalar tuhfa etdingiz. MMA cheksiz kuchimiz ekanligini butun dunyo ko‘rdi! Bizning chinakam qahramonlarimizsiz!»  — dedi Otabek Umarov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring