Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Miraziz Mirzahalilov O‘zbekistonga ikkinchi oltinni taqdim etdi

Miraziz Mirzahalilov O‘zbekistonga ikkinchi oltinni taqdim etdi

Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionatining final bellashuvlari davom etadi. Biroz avval -57 kilogramm vazn toifasida Miraziz Mirzahalilov kubalik Lazaro Alvaresga qarshi jang qildi.

Murosasiz jangning 2-raundi o‘tib borayotgan paytda kubalik bokschi jarohat oldi va shifokorlar Alvaresga jangni davom ettirishga imkon berishmadi. Shu paytgacha bo‘lgan ochkolar hisob-kitobi bo‘yicha Miraziz Mirzahalilov ustun keldi va terma jamoamizning ikkinchi oltin medaliga mualliflik qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring