Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Milliy olimpiya qo‘mitasi MMA federatsiyasini tan olmaydi

Milliy olimpiya qo‘mitasi MMA federatsiyasini tan olmaydi

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

Yurtimizdagi sportga oid internet saytlarda O‘zbekistonda yangi MMA (aralash qoidalar jangi) federatsiyasiga asos solinganligi haqida xabar qilingandi. MOQ rasmiy sayti ushbu xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi.

«O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi shuni ma’lum qiladiki, ushbu federatsiya tuzilishi oldidan na Milliy olimpiya qo‘mitasi, na O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xabardor qilingan. Qolaversa, bu federatsiya ayni paytda yuridik jihatdan xech qanday kuchga ega emas.

Shu sababli ham, Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi O‘zbekistonda yangi tuzilgan ushbu federatsiyani tan olmasligini rasman ma’lum qiladi», — deyiladi MOQ xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring