Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Messi Ikardini Agueroga almashtirishni talab qilyapti

Messi Ikardini Agueroga almashtirishni talab qilyapti

Foto: «Assosiated Press»

Lionel Messi «Pari Sen-Jermen»ga o‘tganidan beri ilk nizo kelib chiqdi. U vatandoshi Mauro Ikardi bilan chiqishmay qoldi.

Messi–Ikardi munosabatlarining tarixi uzoq — bundan ko‘pchilik futbol muxlislari boxabar, albatta. «Championat.com» yozishicha, Parij ham ularni yarashtira olmadi: Messi Ikardini «PSJ»dan ketkazishni talab qilyapti.

Messining fikricha, Ikardini «Barselona»ga jo‘natish kerak. O‘rniga esa boshqa bir argentinalik Serxio Agueroni olib kelish lozim.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yoz Aguero Messi bilan birga to‘p surish uchun «Manchester Siti»dan «Barselona»ga o‘tgandi. O‘z navbatida, Lionel Messi «PSJ»ga o‘tib ketganidan uning hafsalasi pir bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring