Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Messi Fransiya chempionatidagi ilk golini urdi (video)

Messi Fransiya chempionatidagi ilk golini urdi (video)

«PSJ» hujumchisi Lionel Messi Fransiya chempionatining 14-turida «Nant»ga qarshi o‘yinda gol urdi. Bu uning chempionatdagi ilk goli bo‘ldi.

Uchrashuvning 87-daqiqasida argentinalik futbolchi hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi. Bungacha uning zarbasidan keyin Dennis Appia avtogol muallifiga aylangandi.

E’tiborlisi, parijliklar posboni Keylor Navas 65-daqiqada maydondan chetlatilgandi. Shu sabab murabbiy Neymarni boshqa darvozabon Serxio Rikoga almashtirishga majbur bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring