Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasidan chetlatildi

Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasidan chetlatildi

Portugaliya terma jamoasi sardori va «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu terma jamoaning Millatlar ligasi doirasidagi Polsha va Italiya hamda Shotlandiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etmaydi. Bu haqda «Meduza» xabar berdi.

Mazkur qaror AQShda Ronalduga qarshi ish ochilganidan so‘ng qabul qilingan.

28 sentyabr kuni nemis nashri «Der Spiegel» 34 yoshli amerikalik Ketrin Mayorgining Krishtianu Ronaldu uni 2009 yilning 13 iyunida Las-Vegasdagi mehmonxonalarning birida zo‘rlagani haqidagi hikoyasini e’lon qilgan edi. Oktyabrda esa Las-Vegas politsiyasi Ronalduga qarshi mazkur masalada tergov ishini boshladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring