Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil Madrimov chempionlik uchun jang qilishini aytdi

Isroil Madrimov chempionlik uchun jang qilishini aytdi

O‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov bo‘lajak jangi haqida gapirdi.

«Xudo xohlasa, navbatdagi jangimni yanvar oyida jahon chempionligi uchun o‘tkazaman. Aslida men ham noyabr oyida ringga ko‘tarilishim kerak edi, biroq ma’lum sabablarga ko‘ra jang bekor bo‘ldi. Shunga qaramasdan tayyorgarlikni to‘xtatmadim. Hali ham tayyorgarlikni davom ettirmoqdaman. Nasib qilsa, kelasi yil jahon chempionligini qo‘lga kiritib, yurtimizga qaytaman», — deydi Isroil Madrimov.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Murodjon Ahmadaliyev Kevin Gonsalesni nokautga uchratib, chempionlik uchun asosiy da’vogarga aylandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring