Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Islom Maxachevga jiddiy ayb qo‘yilmoqda

Islom Maxachevga jiddiy ayb qo‘yilmoqda

Yengil vazn toifasida UFC chempioni Islom Maxachev antidoping qoidalarini buzganlikda gumon qilinmoqda. USADA (AQSh antidoping agentligi) ushbu vaziyatga izoh berdi.

Qayd etilishicha, rossiyalik jangchi avstraliyalik Aleksandr Volkanovskiga qarshi jang oldidan o‘zini tiklash uchun «osma tomizgich»dan noqonuniy foydalanganlikda gumon qilinmoqda. Ushbu hodisaga yangi zelandiyalik jangchi Den Xuker guvoh bo‘lgani aytilmoqda.

«USADA har qanday qoidabuzarliklar haqidagi xabarlarni jiddiy qabul qiladi. Biz barcha ma’lumotlarni faol kuzatib boramiz», — deyiladi tashkilot bayonotida.

USADA qoidalariga ko‘ra, taqiqni buzgan har qanday jangchi jiddiy — ikki yilgacha diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring