Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Islom Maxachev raqibini dahshatli nokautga uchratdi

Islom Maxachev raqibini dahshatli nokautga uchratdi

BAAning Abu-Dabi shahrida UFC 294 musobaqasi yakuniga yetdi.

Kechaning chempionlik jangida Islom Maxachev va Aleksandr Volkanovski to‘qnash keldi. Bu jangchilarning avvalgi to‘qnashuvida Islom ochkolar hisobiga ustun kelgandi, revansh jangida Maxachev hech qanday gap-so‘zlarga o‘rin qoldirmadi.

Dog‘istonlik sportchi 1-raundning o‘zida Volkanovskini oyoqda berilgan zarba orqali muvozanatdan chiqardi va hujumni davom ettirib, jangni muddatidan oldin yakunlab qo‘ydi. nokautga uchratdi. Chempionlik kamari yana Maxachevda qoldi.

UFC 294 turnirining qolgan natijalari:

Asosiy kard: 

Hamzat Chimayev (BAA) — Kamaru Usman (Nigeriya), (hakamlarning yakdil qarori bilan)

Magomed Ankalayev (Rossiya) — Jonni Uoker (Braziliya), (jang o‘tkazilmagan deb topildi)

Ikram Aliskerov (Rossiya) — Vorli Alves (Braziliya), (1-raundda texnik nokaut bilan)

Said Nurmagomedov (Rossiya) — Muin Gafurov (Tojikiston), (1-raundda bo‘g‘ish usuli bilan)

Prelim kard:

Tim Elliot (AQSh) — Muxammad Mokayev (Buyuk Britaniya), (3-raundda sabmishen) 

Muhammad Yahyo (BAA) — Trevor Pik (AQSh), (hakamlarning yakdil qarori bilan)

Javid Basharat (Buyuk Britaniya) — Viktor Genri (AQSh), (jang o‘tkazilmagan deb topildi) 

Sedrik Dumas (AQSh) — Abu Azaytar (Marokash), (hakamlarning yakdil qarori bilan)

Mayk Briden (AQSh) — Anshul Jubri (Hindiston), (3-raundda TKO) 

Nataniel Vud (Buyuk Britaniya) — Muhammad Naimov (Tojikiston), (hakamlarning yakdil qarori bilan)

Viktoriya Dudakova (Rossiya) — Jin Yu Frey (AQSh), (hakamlarning yakdil qarori bilan) 

Sharabutdin Magomedov (Rossiya) — Brunu Silva (Braziliya), (hakamlarning yakdil qarori bilan).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring