Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Iroda To‘laganova O‘zbekiston tennis federatsiyasi bosh kotibi bo‘ldi

Iroda To‘laganova O‘zbekiston tennis federatsiyasi bosh kotibi bo‘ldi

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

Bugun, 8-fevral kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston tennis federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Konferensiya kun tartibidan o‘rin olgan eng asosiy masala federatsiyaga bosh kotib saylashdan iborat edi. Shuni inobatga olgan holda yig‘ilish ishtirokchilarga o‘zbek tennisining yorqin vakillaridan biri, bugungi kunda O‘zbekiston ayollar terma jamoasi sardori sifatida faoliyat olib borayotgan Iroda To‘laganova nomzodi ilgari surildi. Yig‘ilish ishtirokchilari bir ovozdan ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlashdi. Shu tariqa, Iroda To‘laganova O‘zbekiston tennis federatsiyasi bosh kotibi lavozimiga saylandi.

Ma’lumot uchun, Iroda To‘laganova 1982 yilning 7 yanvarida tavallud topgan. Tennischilik faoliyati davomida yakkalik bahslarida 3 ta WTF, 3 ta ITF turnirlarida g‘alaba qozongan. Jahon reytingida 16-o‘ringacha ko‘tarilgan. «O‘zbekiston iftihori» faxriy unvoni, «Shuhrat» medali sohibasi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring