Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Iroda To‘laganova Osiyo tennis federatsiyasining vitse-prezidentligiga saylandi

Iroda To‘laganova Osiyo tennis federatsiyasining vitse-prezidentligiga saylandi

O‘zbek tennisi afsonasi Iroda To‘laganova Osiyo tennis federatsiyasining vitse-prezidenti etib saylandi.

Ma’lumot uchun, To‘laganova bir paytning o‘zida O‘zbekiston tennis federatsiyasining Bosh kotibi lavozimida ham ishlab kelmoqda.

Hamyurtimiz o‘tgan yilning 1 dekabr kuni Hindistonning Bangalor shahrida o‘tgan yig‘ilishda Osiyo tennis federatsiyasining direktorlar kengashi a’zosi bo‘lgan edi. Ortda qolgan vaqt mobaynida yurtdoshimizning samarali faoliyati uni xalqaro tashkilotning vitse-prezidentlik darajasiga ko‘tardi.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Iroda To‘laganovani xalqaro lavozimda ish boshlayotgani munosabati bilan kelgusidagi faoliyatida omadlar yor bo‘lishini tilab qoladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring