Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Irlandiyada 2020-yilning «eng yaxshi goli»ga nomzod chiqdi (video)

Irlandiyada 2020-yilning «eng yaxshi goli»ga nomzod chiqdi (video)

Skrinshot

«Dandolk» FK yarimhimoyachisi Jordan Flores «Shemrok Rovers» darvozasiga kiritgan gol (Irlandiya chempionati 4-turi) FIFA nazariga tushdi.

Hisob raqib foydasiga 1:0 bo‘lib turgan bir paytda, o‘yinning 22-daqiqasida «Dandolk» futbolchilari burchak to‘pi ishlashdi. Burchakdan oshirilgan to‘p to‘ppa-to‘g‘ri Floresning oyog‘iga kelib tushdi va u bir zarbada to‘pni raqib darvozasining uzoq yuqori burchagiga joylab qo‘ydi.

Floresning goli FIFA tomonidan ham e’tirof etildi, ehtimolki bu goli bilan u 2020-yilgi Ferens Pushkash mukofotini qo‘lga kiritar.

Biroq hatto eng chiroyli gol ham g‘alaba degani emas: shu kuni g‘oliblik «Shemrok Rovers»ga nasib etdi: 3:2.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring