Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ikrom Aliboyev finalda. Navbatdagi raqib — eronlik Andranik Teymuryan

Ikrom Aliboyev finalda. Navbatdagi raqib — eronlik Andranik Teymuryan

Foto: «the-afc.com»

Osiyo futbol konfederatsiyasi Osiyo chempionlar ligasi tarixidagi eng chiroyli golni aniqlash bo‘yicha o‘z saytida so‘rovnoma o‘tkazayotgani haqida xabar bergandik.

Ushbu so‘rovnomada o‘zbekistonlik Ikrom Aliboyevning «Lokomotiv» tarkibida «Al-Vahda» darvozasiga kiritgan goli yarim finalga chiqib, ushbu bosqichda Saud Haririning «Al-Ittihod» — «Al-Vahda» o‘yinida kiritgan goli bilan bellashayotgandi. Hamyurtimizning goli raqibiga qaraganda ko‘proq ovoz to‘plab, finalga yo‘l oldi.

Endilikda Aliboyevning goli muxlislar o‘rtasida o‘tkazilayotgan «OChL tarixidagi eng chiroyli gol» nominatsiyasida g‘alaba qozonish uchun eronlik Andranik Teymuryan bilan bahslashadi.

Quyidagi HAVOLA orqali hamyurtimiz Ikrom Aliboyevning goliga ovoz berishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring