Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

IIBB ertangi final oldidan ogohlantirish berdi

IIBB ertangi final oldidan ogohlantirish berdi

Ertaga, 19-iyun kuni Toshkentdagi «Bunyodkor» stadionida futbol bo‘yicha Osiyo kubogi-U23 final bosqichi bo‘lib o‘tadi. Poytaxt IIBB o‘yin oldidan aholiga murojaat qildi.

«Stadionga keluvchi muxlislarning ko‘pligini inobatga olib hamda ularga qulaylik yaratish maqsadida musobaqani tomosha qilish uchun tomoshabinlar stadionga soat 14.00 dan kiritilishini ma’lum qilamiz. Stadionga kiradigan muxlislardan o‘zlari bilan yonuvchan, kesuvchan, o‘tkir tig‘li buyumlarni, shuningdek yelim idishlardagi (baklajka) suvlarni olib kirmasliklarini so‘raymiz.

Stadionga kelishda jamoat transportidan foydalanishingizni tavsiya qilamiz», deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring