Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ibragimovich «MYu»ni maydakashlikda ayblab chiqdi

Ibragimovich «MYu»ni maydakashlikda ayblab chiqdi

Italiyaning «Milan» jamoasi hujumchisi Zlatan Ibragimovich bir paytlar «Manchester Yunayted»da o‘ynab yurganda o‘zi duch kelgan voqeani aytib berdi.

«Manchester Yunayted»da maydakashlik bor. Bir kuni o‘yindan oldin mehmonxonaga bordik. Chanqab turganim uchun mini-barga kirib, mevali sharbat ichdim. Biz yutqazdik va uyga qaytdik. Vaqt o‘tib, menga oylik chiqarishdi. Odatda bunday narsalarga e’tibor bermayman, lekin bu safar qiziqishim ortdi.

Mini-bardan sharbat ichganimda ular oyligimdan bir funt yechib olishgan ekan. Ishonasizmi? Bir funt? Bunday detallar esda qoladi va futbolchiga nisbatan hurmatliroq bo‘lishga chaqiradi.

Har kuni mashg‘ulotga kelsam, bazaga kiritish uchun mendan guvohnoma so‘rashardi. Oxiri oynani tushirib, qo‘riqchiga aytdim: «Menga qara, do‘stim, bir oydan beri har kuni shu yerga qatnayman. Men dunyoning eng yaxshi futbolchisiman. Agar meni tanimayotgan bo‘lsang, o‘zingga boshqa ish top», deya intervyu bergan Zlatan The Athletic nashriga.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring