Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Formula-1»: 2021-yil Gran-prilari taqvimi e’lon qilindi

«Formula-1»: 2021-yil Gran-prilari taqvimi e’lon qilindi

Foto: «Motor.ru»

Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) «Formula-1» avtopoygalarining 2021 yil mavsumi taqvimini tasdiqladi.

Yangi mavsum 23 poygadan iborat bo‘lib, 21-mart kuni Avstraliyaning Melburn shahrida start beriladi. Keyin poygachilar Bahrayn va Xitoyga o‘tishadi, biroq jahon chempionatining to‘rtinchi bosqichi qayerda o‘tishi noma’lum, faqat sanasi belgilangan — 25-aprel.

FIA Ispaniyadagi Gran-pri (9-may) tashkilotchilari bilan hozircha kelishuvga ega emas, Saudiya Arabistonidagi trek (noyabr oxirlari) esa ta’mirtalab.

Mavsum Abu-Dabi (BAA)da 5-dekabrda nihoyasiga yetadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring