Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Finaldan oldingi final. Bugun Fransiya va Belgiya o‘ynaydi

Finaldan oldingi final. Bugun Fransiya va Belgiya o‘ynaydi

Rossiyada davom etayotgan futbol bo‘yicha jahon chempionatining yarim final bahslariga bugun start beriladi.

Jahon chempionligi uchun asosiy da’vagarlardan sanalayotgan Fransiya va Belgiya terma jamoasi yarim finalning ilk bahsida to‘qnash kelmoqda.

Ayrim mutaxassislarning fikricha, ushbu bellashuvda g‘alaba qozongan terma jamoa jahon kubogini o‘zi bilan olib ketadi. Ammo bu galgi mundial o‘zining kutilmagan natijalari bilan ko‘pchilikni hayron qoldirayotganini ham unutmaslik lozim.

Demak, birinchi finalchi bugun, Toshkent vaqti bilan 23:00da Sank-Peterburgda ma’lum bo‘ladi.

Jahon chempionati, 1/2 final.

Fransiya – Belgiya

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring