Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ertaga bir vaqtning o‘zida 16 shaharda ommaviy yugurish bo‘ladi

Ertaga bir vaqtning o‘zida 16 shaharda ommaviy yugurish bo‘ladi

Ertaga soat 06:30 da mamlakatimizning 16 ta shahrida O‘zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 32 yilligini nishonlashga bag‘ishlangan Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Yurtimizdagi har bir viloyat va Qoraqalpog‘iston Respublikasida turli yoshdagi havaskor va professional sportchilar hamda sog‘lom turmush tarzi ixlosmandlari mamlakatimizning bosh bayrami munosabati bilan tashkil etiladigan keng ko‘lamli sport harakatiga qo‘shilishlari mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Yangi Nafas ijtimoiy loyihasini hayotga tadbiq etishning uch yili davomida O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi va «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda 700 ming nafardan ortiq odam ommaviy yugurish musobaqasiga qo‘shilib, sport tadbirlarida faol ishtirok etishda davom etmoqdalar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring