Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Denis Istomin katta sportdagi faoliyatini yakunladi

Denis Istomin katta sportdagi faoliyatini yakunladi

Xalqaro maydondagi muvaffaqiyatli ishtiroklari bilan o‘zbek sporti, xususan, tennisi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan Denis Istomin professional sportchilik faoliyatini yakunladi. Bu haqida sportchining o‘zi «Humo Arena» mezbonlik qilgan Devis kubogi doirasidagi O‘zbekiston - Polsha uchrashuvidan so‘ng ma’lum qildi.

Tadbirda Denis Istomin o‘zbekistonlik yosh tennischi Amir Milushevga qarshi ko‘rgazmali xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazdi.

Shundan so‘ng, sport vaziri Adham Ikramov so‘z olib, Denis Istominning o‘zbek sportida tutgan o‘rni, uning rivojiga qo‘shgan hissasi haqida iliq fikrlar bildirdi. O‘z navbatida, Istomin bunday e’tibordan mamnun ekanligini ta’kidladi. Shu tariqa, sportchi katta tennisdagi faoliyatiga yakun yasadi.

Eslatib o‘tamiz, Denis faoliyati davomida London-2012, Rio-2016 va Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan. 2018 yil Indoneziyada o‘tgan Osiyo o‘yinlarida oltin, shuningdek, Guanjou-2010 da 2 ta kumush hamda Incheon-2014 da 1 ta bronza medaliga ham sazovor bo‘lgan. 2012-yil ATP tasnif jadvalida 33-o‘ringacha ko‘tarilgan. Mazkur tashkilot bayrog‘i ostida o‘tgan turnirlarda 2 bor (2015, 2017-yillar) bosh sovrinni qo‘lga kiritgan. Ushbu natijalari evaziga «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi» faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring