Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chempionlarga 200 ming dollar, 3 xonali uy va Tahoe topshirildi

Chempionlarga 200 ming dollar, 3 xonali uy va Tahoe topshirildi

Avvalroq maxsus charter reysda Yaponiyadan Toshkentga yetib kelgan O‘zbekiston Paralimpiya delegatsiyasi tantanali kutib olingani haqida xabar berilgandi.

Ular shahar bo‘ylab usti ochiq avtobuslarda aylanib, «Yangi O‘zbekiston» bog‘iga yetib borishdi.

Paralimpiya o‘yinlarida oltin medal olgan 8 nafar sportchilarga 200 ming AQSh dollari, 3 xonali uy va Tahoe avtomobili topshirildi.

Paralimpiya o‘yinlarida kumush medal olgan 5 nafar sportchilarga 100 ming AQSh dollari, 2 xonali uy va Traverse avtomobili topshirildi.

Paralimpiya o‘yinlarida bronza medal olgan 6 nafar sportchilarga 50 ming AQSh dollari, 2 xonali uy va Trailblazer avtomobili topshirildi.

Sovrinlarni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov hamda Bosh vazir Abdulla Aripov topshirdilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring