Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugundan Angliya, Ispaniya va Germaniya chempionati boshlanadi

Bugundan Angliya, Ispaniya va Germaniya chempionati boshlanadi

Bugun, 13 avgustdan futbol bo‘yicha 3 ta kuchli chempionatga start beriladi: Angliya premer ligasi, Ispaniya la-ligasi va Germaniya bundesligasi. Fransiya chempionati o‘tgan hafta boshlangan.

Angliyada yangi mavsumni bugun kechasi «Brentford» va «Arsenal» o‘rtasidagi oyin ochib beradi. Turning markaziy uchrashuvi esa 15 avgustga belgilangan: «Tottenxem» - «Manchester Siti».

Italiya chempionati keyingi haftadan boshlanadi.

Angliya premer ligasi, 1-tur

13 avgust

Brentford - Arsenal

14 avgust

Manchester Yunayted - Lids
Bernli - Brayton
Lester - Vulverxempton
Uotford - Aston Villa
Chelsi - Kristal Pelas
Everton - Sautgempton
Norvich - Liverpul

15 avgust

Nyukasl - Vest Xem
Tottenxem - Manchester Siti

Ispaniya chempionatini «Valensiya» va «Xetafe» jamoalari boshlab beradi. Shuningdek, «Real» Madrid «Alaves» mehmoni bo‘lsa, Messisiz «Barselona» o‘z maydonida «Real Sosedad»ni qabul qiladi.

Ispaniya la-ligasi, 1-tur

13 avgust

Valensiya - Xetafe

14 avgust

Kadis - Levante
Malorka - Betis
Alaves - Real Madrid
Osasuna - Espanol

15 avgust

Selta - Atletiko
Barselona - Real Sosedad
Sevilya - Rayo Valekano

16 avgust

Vilyarreal - Granada
Elche - Atletik

Bundesligani esa «Bavariya» mehmonda «Borussiya M.»ga qarshi o‘yin bilan ochib beradi. Bu turda markaziy o‘yinlar yo‘q bo‘lsa-da, mazkur chempionatning har bir o‘yini o‘ziga xos jozibaga ega.

Germaniya bundesligasi, 1-tur

13 avgust

Borussiya M - Bavariya

14 avgust

Arminiya - Frayburg
Augsburg - Xoffenxaym
Volfsburg - Boxum
Union Berlin - Bayer
Shtutgart - Groyter Fyurt
Borussiya D - Ayntraxt F

15 avgust

Mayns - Leypsig
Keln - Gerta

Fransiya chempionati esa allaqachon boshlangan. Bugun «Loryan» - «Monako» o‘yini bilan 2-turga start beriladi. Messisi bor «PSJ» esa ertaga o‘z uyida «Strasbur»ni qabul qiladi.

Fransiya 1-ligasi, 2-tur

13 avgust

Loryan - Monako

14 avgust

Lill - Nitssa
PSJ - Strasbur

15 avgust

Anje - Lion
Brest - Renn
Klermon - Trua
Nant - Mets
Reyms - Monpele
Lans - Sent-Eten
Marsel - Bordo

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring