Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Bosh vazir kubogi» musobaqasi yana qaytmoqda

«Bosh vazir kubogi» musobaqasi yana qaytmoqda

Futbol musobaqasi poytaxtimizda joylashgan «Bunyodkor» futbol akademiyasiga qarashli maydonlarda tashkil etiladi.

Joriy yilning 5 noyabridan 10 noyabriga qadar «O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining «Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash borasida mamlakatimizdagi vazirliklar, idoralar va yuqori turuvchi tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida futbol bo‘yicha an’anaviy «Bosh vazir kubogi-2021» musobaqasi tashkil etiladi.

Turnirning final bahsi mamlakatimizning bosh arenasi – «Bunyodkor» stadionida 10 noyabr kuni o‘tkaziladi.

Musobaqa Nizomiga ko‘ra, o‘yinlar 25 daqiqadan ikki bo‘lim davom etadi. Har bir jamoa o‘z tarkibiga 15 nafar futbolchini kiritishi mumkin va almashishlar soni cheklanmagan.

Bugun, 4 noyabr kuni soat 11:00da Turizm va sport vazirligi binosida «Bosh vazir kubogi-2021» an’anaviy futbol musobaqasining qur’a tashlash marosimi o‘tkaziladi.

Uchinchi marotaba tashkil etilayotgan «Bosh vazir kubogi» futbol musobaqasining avvalgi yillarida Oliy sud jamoasi ikki bor g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring