Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bokschilarimiz dunyo e’tiborini yana o‘zlariga qaratishdi

Bokschilarimiz dunyo e’tiborini yana o‘zlariga qaratishdi

BAAning Fujayra shahrida boks bo‘yicha o‘smir yigitlar va qizlar o‘rtasida Osiyo chempionatida 11 bokschimiz finalgacha yetib borgan edi.

11 finalchidan 8 nafari Osiyo chempionatini oltin medal bilan tugatdilar. Shu tariqa mazkur musobaqada terma jamoamiz vakillari 8 ta oltin, 3 ta kumush va 9 ta bronza, jami 20 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni olishdi.

Oltin medal:

  • - 48 kg: Sabina Boboqulova
  • - 50 kg: Feruza Kazakova
  • - 52 kg: Nigina O‘ktamova
  • - 63 kg: Azizbek Tojiyev
  • - 70 kg: Login Petrov
  • - 75 kg: Nusratbek Tohirov
  • + 80 kg: Jahongir Zokirov
  • - 63 kg: Aziza Zokirova

Kumush medal:

  • - 57 kg: Bilolbek Ixvolov
  • - 60 kg: Bekzod Bekmurodov
  • - 60 kg: Mohira Ahmedova

Bronza medal:

  • - 46 kg: Iqboljon Qudratov
  • - 48 kg: Asrorbek Shahobiddinov
  • - 50 kg: Anvar Boltaboyev
  • - 52 kg: G‘ofurjon Tohirov
  • - 54 kg: Jahonmurod Imomaliyev
  • - 66 kg: Aloxon Abdullayev
  • - 46 kg: Mohlaroyim Savriddinova
  • - 54 kg: Ruhshona O‘ktamova
  • - 70 kg: Shahnoza Ergasheva

Terma jamoamiz vakillari ertaga soat 16:15 da yurtimizga yetib kelishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring