Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir yil ichida narxi «osmon»laganlar: ular orasida 30 yoshli futbolchi ham bor (TOP-10)

Bir yil ichida narxi «osmon»laganlar: ular orasida 30 yoshli futbolchi ham bor (TOP-10)

Foto: «Barca.ru»

Bir yil ichida qaysi futbol yulduzi qanchaga qimmatladi? «Transfermarkt» ularning «TOP-10»ligini tuzdi.

  1. Kevin De Breyne (26 yosh), «Manchester Siti»

+50 mln. yevro

Birdaniga ikki futbolchining narxi 50 mln. yevro qimmatladi.  Bular  – Neymar va De Breyne. Belgiyalik futbolchi bir yil ichida 83,3 foizga (Neymar — 50 foiz) qimmatladi va endi 110 mln. yevroga baholanyapti.

  1. Timo Verner (21 yosh), «Leypsig»

+52 mln. yevro

Agar Bundesligani kuzatayotgan bo‘lsangiz, bu futbolchini yaxshi taniysiz. Bu iqtidor egasining salohiyati juda baland, narxi ham shunga yarasha o‘sdi.

  1. Muhammad Saloh (25 yosh), «Liverpul»

+53 mln. yevro

2017 yili u qahramonga aylandi. Terma jamoasini JCh-2018ga olib chiqdi. «Liverpul»da ko‘rsatayotgan o‘yini ham hayratlanarli.

  1. Gabriel Jezus (20 yosh), «Manchester Siti»

+54 mln. yevro

Bir yil avval endi-endi tanilgan futbolchi hozirda klubining ham, Braziliya terma jamoasining ham asosiy hujumchisi.

  1. Filippe Koutino (25 yosh), «Barselona»

+55 mln. yevro

Yana bir braziliyalik futbolchida misli ko‘rilmagan o‘sish kuzatildi. «Barselona» uni deb aqldan ozdi va katta mashaqqat va summaga nihoyat qishki transfer oynasida xarid qildi.

  1. Lionel Messi (30 yosh), «Barselona»

 +60 mln. yevro

O‘ttiz yoshida ham narxining bunday keskin qimmatlashishi? Bunga faqat bir futbolchi qodir. U — Messi!

  1. Dele Alli (21 yosh), «Tottenxem»

+60 mln. yevro

O‘zi yarim himoyachi, ammo o‘tgan yili u «Tottenxem» uchun 41ta gol urdi (APLda 33ta).

  1. Usmon Dembele (20 yosh), «Barselona»

+62 mln. yevro

Yozda Dembele «Barselona»ga o‘tgan edi. Jarohat sabab u uch oydan ortiq vaqt kataloniyaliklar safida o‘ynay olmadi. Lekin bu omadsizlik uning TOP-3 uchlikka kirishiga to‘sqinlik qilmadi.

  1. Harri Keyn (24 yosh), «Tottenxem»

+80 mln. yevro

APLning o‘tgan yildagi eng yaxshi futbolchilaridan biri. Uning hamon «Tottenxem»daligi hayratlanarli.  

  1. Kilian Mbappe (19 yosh), «PSJ»

+86 mln. yevro

O‘tgan yil boshida Mbappe shunchalik porladiki, 18 yoshli bolakay «Monako» safida YeChLning pley-off bahslarida 6 o‘yinda 6 gol urdi («Manchester Siti», «Borussiya» va «Yuventus»ga).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring