Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Barselona» sobiq yulduzi qamoqda ochlik e’lon qildi

«Barselona» sobiq yulduzi qamoqda ochlik e’lon qildi

«Barselona» va Braziliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Dani Alves rafiqasi Joana Sans futbolchi bilan ajrashishini e’lon qilganidan keyin qamoqda ochlik e’lon qildi, deb xabar bermoqda Suatro nashri.

Futbolchi ovqatlanishni butunlay to‘xtatgan va turmush o‘rtog‘ining qaroridan xavotir bildirgan. U kameradan chiqmayatpi, hech kim bilan ko‘rishni, gaplashishni istamayapti, deya yozadi nashr.

Sans va Alves ikki yillik munosabatlardan keyin 2017-yilda turmush qurishgandi. Er-xotinning farzandlari yo‘q.

Alves 12 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Jabrlanuvchi  tovon pulidan bosh tortgan va sportchiga faqat qamoq jazosi berilishini istaydi.

Eslatib o‘tamiz,  o‘tgan yili 30-dekabr kuni ayol kishi Barselona shahridagi tungi klublaridan birida Alves uni zo‘rlagani haqida ariza bilan murojaat qilgan va shu sabab qamoqqa olingandi. 

Sud sportchi advokatlarining uni ozod qilish haqidagi arizasini rad etdi. Shunday qilib, Alves sudgacha qamoqda qoladi. Hozircha sud sanasi e’lon qilinmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring