Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Barselona» sobiq yulduzi Ispaniyada qamoqqa olindi

«Barselona» sobiq yulduzi Ispaniyada qamoqqa olindi

«Barselona» va Braziliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Dani Alves Ispaniyada zo‘ravonlik ayblanib hibsga olindi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

39 yoshli futbolchi Barselonada ehtiyot chorasini belgilash uchun sudga olib borildi.

Avvalroq nomi oshkor etilmagan ayol o‘tgan yilning 30-dekabrida Alvesni tungi klubda tegajoqlik qilishda ayblab chiqqandi. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u voqea haqida xavfsizlik xodimlariga xabar bergan, biroq Alves o‘sha vaqtda ketib qolgan.

Ayol 2-yanvar kuni tazyiqlar haqida ariza bergan.

Hozirda Meksikaning «Pumas» jamoasida o‘ynayotgan Alves bu ayblovlarni rad etadi.

Alves dunyoning eng ko‘p titulga erishgan futbolchisi sanaladi - u terma jamoa va klub darajasidagi faoliyati davomida 43 ta sovrin yutgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring