Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Barselona» safiga yana bir braziliyalik futbolchi qo‘shildi

«Barselona» safiga yana bir braziliyalik futbolchi qo‘shildi

Foto: «fcbarcelona.com»

Ispaniyaning «Barselona» klubi Fransiyaning «Bordo» jamoasidan yarim himoyachi Malkomni o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

Kataloniyaliklar 21 yoshli futbolchi uchun «Bordo»ga 41 million yevro to‘laydigan bo‘ldi.

Qizig‘i, oldinroq Rimning «Roma» klubi ushbu futbolchi bilan 32+4 million yevro  evaziga kelishuvga erishganini e’lon qilib ulgurgandi. Ammo «Barselona»ning vaziyatga aralashishi ushbu kelishuvni yo‘qqa chiqardi. Italiya sari yo‘l olayotgan futbolchi shundoqqina aeroportda to‘xtatib qolindi va «Barselona»ning yaxshiroq taklifi qabul qilinib, endi u Kataloniyaga yo‘l oladigan bo‘ldi.

Malkom o‘tgan mavsum «Bordo» safida 38 uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol urgan hamda 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, Fransiya chempionatida mavsumning eng chiroyli goliga mualliflik qilgan.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» ushbu transfer mavsumida yana bir braziliyalik yarim himoyachi — 21 yoshli Artur bilan ham shartnoma imzolagandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring