Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Barselona» restartni yirik g‘alaba bilan nishonladi

«Barselona» restartni yirik g‘alaba bilan nishonladi

Foto: «Football.ua»

Koronavirus pandemiyasi tufayli to‘xtab qolgan Ispaniya chempionati qayta start olib, 28-tur doirasidagi ayrim uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Palma-de-Malorkada «Malorka» Kataloniyaning «Barselona» klubini qabul qildi.

Birinchi daqiqadayoq gol kiritgan kataloniyaliklar o‘yin oxirigacha ustunlikni saqlab, yirik g‘alabaga erishishdi. 

«Malorka» — «Barselona» — 0:4

Gollar: Vidal, Braytvayt, Alba, Messi.

Goldan tashqari, ikkita golli uzatmani amalga oshirgan Lionel Messi «eng yaxshi o‘yinchi» deb topildi.

«Barselona» 61 ochko to‘plab, 2-o‘rindagi «Real Madrid»dan 5 ochko ilgarilab ketdi. «Malorka» 25 ochkosi bilan 18-o‘rinda.

Manba: «Football.kulichki.net»

Pandemiya chempionatlar taqvimiga jiddiy o‘zgartirishlar olib kirmoqda, endi turlar o‘rtasida tanaffus bo‘lmaydi — kam-kam o‘yinlar hisobiga har kuni futbol ko‘rishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring