Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Barselona» dardiga dard qo‘shildi. Asosiy hujumchi uzoq muddatga safdan chiqdi

«Barselona» dardiga dard qo‘shildi. Asosiy hujumchi uzoq muddatga safdan chiqdi

Foto: fcbarcelona.es

O‘z o‘yinini namoyish eta olmay, Valverdening o‘rniga yangi murabbiy qidirib yurgan «Barselona» yana bir jiddiy muammoga duch keldi. Jamoaning markaziy hujumchisi Luis Suares 4 oyga safdan chiqdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

Urugvaylik hujumchi tizzasidagi jarohatini operatsiya qildirdi. U endi to‘rt oydan so‘ng, ushbu mavsumning oxirida safga qaytishi mumkin.

Suares mavsumda 23 o‘yin o‘tkazib, 14ta gol urgan. Shuningdek kщplab golli uzatmalari bilan jamoaning eng sermahsul o‘yinchilaridan biri bo‘lib turgandi. Qolaversa, u Messining hujumdagi eng asosiy tandemi hisoblanadi. Kataloniya klubi uchun bu yo‘qotish murabbiy muammosidan ham og‘riqli kechishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring