Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Barselona» bir kechada 5 transferni amalga oshirdi

«Barselona» bir kechada 5 transferni amalga oshirdi

«Barselona» klubi transfer oynasining so‘nggi kunlarida faol bo‘ldi. Kataloniyaliklar bir kunda uch futbolchisini boshqa klublarga o‘tkazdi va ularning o‘rniga ikki futbolchini safiga qo‘shib oldi.

 Ansu Fati APLga yo‘l oldi

«Barselona»ning 20 yoshli hujumchisi Ansu Fati faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettiradigan bo‘ldi.

«Brayton» klubi Ispaniya milliy jamoasi hujumchisini bir yillik ijaraga olganini e’lon qildi. 

Ezzalzuli sotib yubordi

«Barselona» vingeri, 21 yoshli Abdusamad Ezzalzulini «Betis» 7,5 mln yevroga sotib oldi. Kelishuvga bonuslar ham qo‘shilgan. Shuningdek, Kataloniya klubi futbolchining keyingi transferidan 50% ulush oladi. 

Ez Abde o‘tgan mavsumni «Osasuna»da ijarada o‘tkazgandi. 

 Erik Garsiya «Jirona»da

«Barselona» 22 yoshli himoyachini «Jirona»ga ijaraga berdi.

Erik o‘tgan mavsumda La Ligada 24 o‘yinda 1ta gol urgandi.

Joau Kanselu — «Barselona» futbolchisi

«Manchester Siti» himoyachisi Joau Kanselu yangi mavsumni «Barselona»da o‘tkazadi.

Kataloniya klubi 29 yoshli portugalni ijaraga oldi.

Kanselu o‘tgan mavsumning ikkinchi qismini «Bavariya»da ijarada o‘tkazgandi.

Felish «Barselona» safiga qo‘shildi

«Atletiko» yarimhimoyachisi Joau Felish yangi mavsumni kataloniyaliklar safida o‘tkazadigan bo‘ldi.

23 yoshli partugaliyalik o‘tgan mavsumda «Chelsi»da o‘ynagandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring