Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bahodir Jalolovning amerikalikka qarshi jangi muddatidan avval tugadi

Bahodir Jalolovning amerikalikka qarshi jangi muddatidan avval tugadi

AQShning Kaliforniya shtatida professional boks oqshomi o‘tkazildi. 

Unda hamyurtimiz Bahodir Jalolov amerikalik Kyortis Xarperga qarshi ringga ko‘tarildi.

10 raundga mo‘ljallangan jang 4-raundda o‘z yakuniga yetdi. Bahodir raund o‘rtalarida raqibini burchakka taqadi va kuchli zarbasini bilan Xarperni muvozanatdan chiqardi. Ushbu vaziyatda referi hisobni ochdi va jangni to‘xtatdi.

Bahodir 3-raundda raqibini nokdaun holatiga tushirishga hm ulgurgandi.

Ushbu g‘alaba orqali Bahodirning prof boksdagi 12-jangida 12-g‘alabasiga erishdi. Bokschimiz barcha raqiblarini muddatidan oldin mag‘lubiyatga uchratgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring