Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Argentina Braziliyani mag‘lub etdi

Argentina Braziliyani mag‘lub etdi

Janubiy Amerikada 2026 yilgi jahon chempionati saralashi doirasida 6-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Saralash bosqichida peshqadamlik qilayotgan Argentina safarda Braziliya mehmoni bo‘ldi.

Amaldagi jahon chempionlari Otamendining goli evaziga azaliy raqibi ustidan g‘alaba qozondi. Inqiroz davrini o‘tkazayotgan «pentkampeonlar» shu orqali ketma-ket 3-mag‘lubiyatga uchrashdi va 6-o‘ringa tushib ketishdi.

Argentinani izma-iz ta’qib qilayotgan Urugvay esa Nunesning dubli va avtogol evaziga Boliviya ustidan yirik g‘alabaga erishdi.

Uchinchi o‘rinda borayotgan Kolumbiya Paragvaydan, 4-o‘rindan joylashgan Ekvador esa ustun keldi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring