Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Isroilning harakatlari Gitlerning jinoyatlariga o‘xshaydi» — Braziliya prezidenti

«Isroilning harakatlari Gitlerning jinoyatlariga o‘xshaydi» — Braziliya prezidenti

Braziliya prezidenti Luiz Lula da Silva Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlarini fashistlar Germaniyasi yetakchisi Adolf Gitlerning yahudiylarga qarshi jinoyatlariga qiyosladi. Bu haqda G1 portali xabar berdi.

«G‘azo sektorida Falastin xalqi bilan sodir bo‘layotgan voqea dunyoda hech qachon bo‘lmagan», - dedi davlat rahbari.

Biroq, uning ta’kidlashicha, bu Gitler yahudiylarni yo‘q qilishga qaror qilganida sodir bo‘lgan.

Yanvar oyi oxirida Xalqaro sud Isroil G‘azo sektorida genotsidning oldini olish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishi kerak, degan qarorga kelgandi.

Shu kunlarda Isroil kuchlari G‘azo janubidagi Rafah shahrini nishonga olmoqda. Bu yerni 1,3 milliondan oshiq falastinlik makon qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, Isroilning G‘azo sektoridagi bombardimonlari oqibatida 30 mingga yaqin kishi halok bo‘ldi. 

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring