Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

APL. «Liverpul» mavsumdagi birinchi mag‘lubiyatini qabul qildi (video)

APL. «Liverpul» mavsumdagi birinchi mag‘lubiyatini qabul qildi (video)

Foto: «Soccer.ru»

Angliya chempionati 21-turi turi doirasida markaziy o‘yin «Manchester Siti» va «Liverpul» o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Chempionlik uchun kurashayotgan ikki jamoaning o‘zaro bahsida Gvardiola shogirdlari 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 40-daqiqasida Aguero mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 64-daqiqada Firmino hisobni tenglashtirdi. 72-daqiqada Sane maydon egalariga g‘alaba keltirgan gol muallifi bo‘ldi.

Shu tarzda «Liverpul» mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Shuningdek, turnir jadvalida jamoalar o‘rtasidagi farq 4 ochkoga qisqardi va chempionlik kurashi yanada qizg‘in tus oldi.

«Manchester Siti» – «Liverpul» 2:1

Gollar: 1:0 – 40 Aguero, 1:1 – 64 Firmino, 2:1 – 72 Sane.

«Manchester Siti» – Ederson, Kompani (Otamendi, 88), Danilo, Stounz, Laport (Uoker, 86), Silva (Gyundogan, 65), Fernandino, Sterling, Bernardu Silva, Sane, Aguero.

«Liverpul» – Alisson, Lovren, Robertson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Veynaldum (Starrij, 86), Xenderson, Milner (Fabino, 57), Mane (Shakiri, 77), Saloh, Firmino.

Ogohlantirishlar: Lovren (20), Kompani (31), Veynaldum (38), Laport (45), Bernardu Silva (89), Ederson (90).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring