Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Angliyada faqat ikki futbolchining maoshi Holandnikidan yuqori

Angliyada faqat ikki futbolchining maoshi Holandnikidan yuqori

Foto: AP

«Manchester Siti»ning yangi hujumchisi Erlinga Holand qancha maosh olishi OAVga ma’lum bo‘ldi.

Holand 2022-yil yozida Dortmundning «Borussiya»sidan «shaharliklar» safiga kelib qo‘shilgan. Norveg futbolchisini qo‘lga kiritish uchun «Siti» nemislarga 60 mln yevro to‘lagandi. The Sun yozishicha, jamoa bilan besh yillik shartnomaga kelishgan Holand haftasiga 375 ming funt sterling (433 ming dollar atrofida) maosh oladi.

Angliya premer-ligasida faqat ikki futbolchining maoshi Holandnikidan yuqori: uning belgiyalik jamoadoshi — Kevin de Bryuyne (400 ming funt sterling) hamda «Manchester Yunayted»ning portugaliyalik forvardi — Krishtianu Ronaldu (500 ming funt sterling).

22 yoshli Erling Holandning «Manchester Siti»dagi debyut mavsumi yaxshi boshlandi: barcha turnirlarda 8 o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va bitta golga assistentlik qildi. Norvegiya terma jamoasida esa 21 o‘yin o‘tkazib, 20 ta golni o‘z hisobiga yozgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring