Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2020-yilning eng yaxshi sportchisi aniqlandi — BBC talqini

2020-yilning eng yaxshi sportchisi aniqlandi — BBC talqini

Lyuis Hemilton.

Foto: «Sportbox»

BBC talqini bo‘yicha, «Formula-1» poygachisi Lyuis Hemilton («Mercedes» jamoasi) 2020-yil sportchisi deya e’tirof etildi.

Reytingda ikkinchi o‘rin «Liverpul» futbolchisi Jordan Hendersonga, uchinchi o‘rin jokey Holli Doylga berilgan.

Lyuis Hemilton bungacha «Qirollik poygalari» a’zo-jamoalari rahbarlari tomonidan «Formula-1»ning 2020-yildagi eng yaxshi poygachisi deb topilgandi.

Ortda qolgan mavsumda britaniyalik 35 yoshli poygachi yettinchi marta «Formula-1» chempionligini qo‘lga kiritib, germaniyalik Mixael Shumaxerning rekordini takrorladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring