Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2018 yili jahon futbolida transfer uchun qancha pul sarflandi?

2018 yili jahon futbolida transfer uchun qancha pul sarflandi?

Foto: «oxu.az»

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) jahon transfer bozorining 2018 yilgi ma’lumotlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, o‘tgan yilda klublar yangi o‘yinchilarni sotib olishga 7,03 milliard dollar sarflashgan. Ushbu ko‘rsatkich 2017 yildagidan 10 foiz yuqori (6,37 milliard).

2018 yilning eng qimmat xaridi Kilian Mbappe bo‘ldi — 200 million dollar. O‘yinchi Monakodan PSJga 2017 yilda ijara huquqi bo‘yicha o‘tgan edi, ammo to‘liq xarid 2018 yilning yozida amalga oshirildi.

Ma’lum qilinishicha, katta miqdordagi mablag‘ni UYeFA klublari sarflashgan (78 foiz). Umumiy hisobda 3974 ta klub o‘tgan yilda transferni amalga oshirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring