Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston-Belarus: Xalqaro transport qatnovida o‘zgarishlar bo‘ladi

O‘zbekiston-Belarus: Xalqaro transport qatnovida o‘zgarishlar bo‘ladi

O‘zbekiston Hukumati va Belarus Hukumati o‘rtasida 1994-yil-22 dekabrda imzolangan Xalqaro avtomobil transporti qatnovi to‘g‘risidagi Bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

2018-yil 13-sentyabrda Toshkent shahrida imzolangan bu bayonnoma 30-iyuldan kuchga kirdi.

O‘zgartirishlarga ko‘ra, teng shartlar asosida kelishilgan miqdorda yo‘l yig‘imlari to‘lovisiz yoki yo‘l yig‘imlari to‘lovi bilan ruxsatnoma blankalarini o‘zaro taqdim qilish ko‘zda tutiladi.

Bayonnoma Belarus orqali Yevropa ittifoqi bilan eksport-import yuklarini tashishda O‘zbekiston yuk tashuvchlari ishtirokini oshirish uchun sharoitlar yaratadi.

Eslatib o‘tamiz, 31-iyul-1-avgust kunlari Aleksandr Lukashenko taklifiga ko‘ra prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu mamlakatda bo‘lib qaytgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring