Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari o‘zgardi

Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari o‘zgardi

Foto:«Xabar.uz»

Prezident qarori bilan Ilhomjon Nematov O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.Bu haqda Adliya vazirligining  «Huquqiy Axborot» kanalida xabar berildi. 

Ilhomjon Nematovga ko‘p tomonlama va xorijdagi vatandoshlar bilan hamkorlik, Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalarni mustahkamlash, chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish, shartnoma-huquq departamenti, O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari hamda ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish vazifalari yuklatildi.

Eslatib o‘tamiz, Ilhomjon Nematov bunga qadar Tashqi ishlar vazirligining Maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring