Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ekologiya vaziriga o‘rinbosar tayinlandi

Ekologiya vaziriga o‘rinbosar tayinlandi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Iskandar Qutbiddinov Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. 

Iskandar Qutbiddinov 1995-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug‘ilgan.

Ma’lumoti - oliy. 2017-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti va 2023-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini (sirtqi) tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2017-yilda Adliya vazirligi katta maslahatchisi lavozimida boshlagan.

2018–2021-yillarda Vazirlar Mahkamasida, 2021-yildan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida ishlab kelgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring