Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tanzila Norboyeva Jenevada o‘tayotgan mehnat konferensiyasida nutq so‘zladi

Tanzila Norboyeva Jenevada o‘tayotgan mehnat konferensiyasida nutq so‘zladi

Foto: «Xabar.uz»

Shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi delegatsiya Jenevada o‘tayotgan 107-mehnat konferensiyasida ishtirok etmoqda.

T.Norbayeva 31-may kuni konferensiyada chiqish qildi. U o‘z chiqishida 2017—2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini va Barqaror rivojlanish maqsadlari — mamlakat taraqqiyotini ta’minlashning muhim asosi ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Ayniqsa, Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) bilan milliy mehnat qonunchiligi, bandlik va munosib mehnat sharoitlari, XMT konvensiyalarining bajarilishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini takomillashtirish bo‘yicha hamkorlik qayd etildi.

T.Norbayeva O‘zbekistondagi Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM)ni amalga oshirish, mehnat sohasida hamkorlar o‘rtasida samarali ijtimoiy muloqotni o‘rnatish, aholi hamda fuqarolik jamiyati vakillari bilan muloqot masalalariga ham to‘xtalib o‘tdi. Konferensiya ishtirokchilari mamlakatda gender tengligini va ayollarning jamiyatdagi rolini oshirish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar haqida ma’lumotga ega bo‘lishdi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring