Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidentini g‘alaba bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidentini g‘alaba bilan tabrikladi

Foto: «vzglyad.az»

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevni «Yangi Ozarbayjon» partiyasining muddatidan oldin parlament saylovlarida g‘alaba qozongani bilan tabrikladi.

«Hurmatli Ilhom Haydar o‘g‘li.

Ozarbayjon Respublikasi Parlamentiga o‘tkazilgan saylovda siz rahbarlik qilgan «Yangi Ozarbayjon» partiyasining g‘alaba qozongani bilan samimiy tabriklarimni qabul qiling.

Ishonchim komilki, yangi tashkil etilgan parlamentning faoliyati respublika hayotidagi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy sohalardagi taraqqiyotga, Ozarbayjonning jadal rivojlanishiga, shuningdek, davlat obro‘sining xalqaro maydonda o‘sishiga yordam beradi.

Shubhasiz, O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi strategik sheriklik asosidagi keng qamrovli va o‘zaro manfaatli aloqalar xalqlarimiz farovonligi yo‘lida bundan buyon ham mustahkamlanib boraveradi.

Fursatdan foydalanib, Siz, Janobi Oliylariga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va mas’uliyatli ishingizda muvaffaqiyatlar, do‘st Ozarbayjon xalqiga esa tinchlik va farovonlik tilayman», deyiladi O‘zbekiston prezidenti tabrigida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring