Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrif buyurdi

Foto: «President.uz»

Xabarning audio talqini

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 2-may kuni Namangan viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari 2017-yil iyulda viloyatga tashrifi chog‘ida viloyatdagi tuman va shaharlarda bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish, yangi korxonalar tashkil etish, ish o‘rinlari yaratish, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, aholi turmush sharoitini yaxshilash yuzasidan vazifalarni belgilab bergan edi.

Mazkur topshiriqlar izchil amalga oshirilishi natijasida sanoat va tadbirkorlik sub’yektlari tashkil etildi. Mahsulot ishlab chiqarish va eksport hajmi oshdi. Zamonaviy uy-joylar, infratuzilma ob’yektlari bunyod etildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu ishlarning sifati, islohotlarning borishi bilan tanishadi, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalarni belgilab beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring