Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev ertaga Rossiyaga boradi

Shavkat Mirziyoyev ertaga Rossiyaga boradi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 20-dekabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tadigan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlarining an’anaviy norasmiy uchrashuvida ishtirok etadi. Bu haqda davlatimiz rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Tuzilmaga a’zo davlatlar yetakchilari MDH doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikning holati va uni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashishi kutilmoqda.

Hamdo‘stlikning oktyabr oyida o‘tgan Ashxobod sammitida qabul qilingan qarorga muvofiq, 2020 yilning 1 yanvaridan MDHda O‘zbekiston Respublikasi raislik qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring