Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev birinchi darajali «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi

Shavkat Mirziyoyev birinchi darajali «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi

Foto: «Kazinform»

Qozog‘iston Respublikasi 2018-yilni mamlakatda O‘zbekiston yili deb e’lon qilgan edi. Shu munosabat bilan «Ostona opera» teatrida tashkil etilgan tantanali marosim bo‘lib o‘tmoqda.

Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston Prezidentlari va Markaziy Osiyo davlatlari delegatsiyalari a’zolari, diplomatik korpus vakillari, xorijlik faxriy mehmonlar ishtirok etmoqda, deyiladi O‘zA xabarida.

Marosimda Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev nutq so‘zladilar. O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlari mazkur yirik tadbir ikki xalq o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashish va do‘stlik rishtalarini mustahkamlashda muhim rol o‘ynashini ta’kidladilar.

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish yo‘lidagi ulkan xizmatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni birinchi darajali «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi.

O‘zbek san’at ustalarining chiqishlari yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Qozog‘istonda O‘zbekiston yili doirasida madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar, festivallar o‘tkazish, Qozog‘iston madaniyat ahlining O‘zbekistonda tashriflarini amalga oshirilishi mo‘ljallangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring