Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev BAA vitse-prezidenti va Abu-Dabi amirligi valiahdini tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev BAA vitse-prezidenti va Abu-Dabi amirligi valiahdini tabrikladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti lavozimiga tayinlangan Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon hamda Abu-Dabi amirligi Valiahdi etib tayinlangan Shayx Holid bin Muhammad bin Zoid Ol Nahayonga tabriklar yo‘lladi.

Davlatimiz rahbari ularni ushbu yangi tayinlovlar bilan samimiy qutlab, eng ezgu tilaklarini bildirdi. Birodar Amirliklar xalqiga tinchlik-osoyishtalik, davomiy ravnaq va taraqqiyot tiladi.

Maktublarda birgalikdagi intilishlar va qat’iy sa’y-harakatlar tufayli oxirgi yillarda O‘zbekiston va BAA o‘rtasida qaror topgan keng qamrovli aloqalar o‘zaro ishonch, yuksak hurmat va bir-birini qo‘llab-quvvatlash tamoyillari asosida yangi bosqichga ko‘tarilishiga ishonch bildirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring