Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Koreyada qanday kutib olindi? (foto)

Prezident Koreyada qanday kutib olindi? (foto)

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 dekabr kuni davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasiga bordi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Seul shahridagi aeroportda davlatimiz rahbarini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi, artilleriyadan to‘plar otildi.

Samolyot oldida O‘zbekiston yetakchisini Koreya Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Xong Nam Ki va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Sammitning asosiy tadbirlari — ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar 17 dekabr, juma kuni bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring