Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda yana bir xalqaro sammit o‘tkaziladi

O‘zbekistonda yana bir xalqaro sammit o‘tkaziladi

Joriy yilda O‘zbekistonda Turkiy davlatlar tashkilotining Birinchi sammiti o‘tkaziladi, unga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqilgan.

Bugun, 31 may kuni Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan kelgan Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Bosh kotibi Bag‘dod Amreyev boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilgan.

Uchrashuvda O‘zbekiston va TDT o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilingan.

TDT bilan hamkorlikda mamlakatda o‘tkaziladigan tadbirlar jadvali ko‘rib chiqilgan:

  • Yoshlar forumi (3-4 iyun, Buxoro);
  • «Qo‘qon xonligining turkiy xalqlar madaniy merosi shakllanishi va davlatchiligi rivojlanishidagi o‘rni» mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya (8-11 iyun, Qo‘qon);
  • qishloq xo‘jaligi vazirlari yig‘ilishi va Turkiy agroforum (3-4 iyul, Toshkent).

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil 15-16 sentyabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti ham bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring