Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammiti 11 noyabrda O‘zbekistonda o‘tkaziladi

Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammiti 11 noyabrda O‘zbekistonda o‘tkaziladi

Turkiyadagi sammitdan lavha.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Bag‘dod Amreyevning ma’lum qilishicha, tashkilotning navbatdagi sammiti 2022 yilning 11 noyabrida O‘zbekistonda o‘tkaziladi.

Bosh kotib muhim tadbirga hozirlik boshlab yuborilganini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, tashkilotning so‘nggi — sakkizinchi sammiti 2021 yilning 12 noyabrida Istanbuldan janubi-sharqda joylashgan, Turkiya uchun tarixiy ahamiyatga ega Demokratiya va erkinlik orolida bo‘lib o‘tgan va unda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etgandi.

Turkiyadagi sammit yakunida tashkilotga raislik Ozarbayjon Respublikasiga o‘tishi va Turkiy davlatlar tashkilotining sammitini kelgusi yilda O‘zbekistonda o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorlar qabul qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring